locale OZ

Amorim «MYU»ning kelajagi kim boʻlishini aytdi

Portugaliyalik mutaxassis jamoa yarimhimoyachisini eʼtirof etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim «MYU»ning kelajagi kim boʻlishini aytdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa yarimhimoyachisi Kobbi Maynu haqida fikr bildirdi.

«Kobbi Maynu — “Manchester Yunayted”ning kelajagi. U shunchaki o‘z imkoniyatini kutish kerak. Futbolda hammasi ikki kun ichida ham o‘zgarib ketishi mumkin. Agar biz uning o‘rniga hech kimni transfer qilmasak, uni qo‘yib yuborish qiyin bo‘ladi. Jamoada baribir yetishmovchilik bor… Bu yerda har qanday holat yuz berishi mumkin», — deydi Amorim.

Avvalroq Maynu qishki transfer oynasida klubdan ijaraga qo‘yib yuborishni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yosh futbolchi o‘ziga yetarlicha o‘yin vaqti berilmayotganidan norozi.

Joriy mavsumda Kobbi Maynu «MYU» safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting