locale OZ

Amadu Dumbuya – «Dinamo» futbolchisi

“Dinamo” PFK va Dumbuya o‘rtasida 2026 yilgi mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amadu Dumbuya – “Dinamo” futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” PFK mavsumning ikkinchi qismi oldidan tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Klub yozgi transfer oynasida gvineyalik yarimhimoyachi Amadu Dumbuyani o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qilamiz. “Dinamo” PFK va Dumbuya o‘rtasida 2026 yilgi mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi. Amadu jamoamiz safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. 23 yoshli yarimhimoyachi “Dinamo” safiga jamoa Issiqko‘ldan Samarqandga qaytgach, qo‘shiladi.

23 yoshli vinger faoliyatini Shvetsiyaning “Yurgorden” klubida boshlagan bo‘lsa, 2023-2024 yillarda Bolgariyaning “Botev Plovdiv” klubida to‘p surgan. So‘nggi ikki yil davomida esa Qozog‘istonning yetakchi klublaridan biri “Aktobe” sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting