locale OZ

Alvares: «Javob bahsida ishni oxiriga yetkazib qo'yishimiz kerak»

Alvares birinchi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares: «Javob bahsida ishni oxiriga yetkazib qo'yishimiz kerak»
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida "Barselona" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu hali oxiri emas. Oldinda yana 90 daqiqa bor. Bizda ustunlik bor, biroq o'z muxlislarimiz qarshisida o'tadigan uy uchrashuvida ishni oxiriga yetkazib qo'yishimiz kerak. Bu oson bo'lmaydi. Qattiq ishlashimiz va e'tiborni o'z o'yinimizga qaratishimiz lozim. Biz qadamma-qadam o'zimiz istagan maqsad sari intilmoqdamiz", – dedi Alvares.

Eslatib o'tamiz, Kataloniyadagi bahsda Xulian jarima to'pidan so'ng supergol muallifi bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting