locale OZ

Alvares «Atletiko»dan xafa

Bu haqda Leo Paradizo xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Atletiko»dan xafa
ФОТО: Getty images

Hujumchi Julian Alvares Madridning "Atletiko"sidan "xafa va juda g'azablangan".

Bu haqda All About Argentina nashri jurnalist Leo Paradizoning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, birinchidan, forvard Chempionlar ligasi yarim finalining “Arsenal”ga qarshi javob o‘yinida ishtirok etish uchun jiddiy harakat qilgan.

Alvares jarohati tufayli ukol bilan o‘ynagan. U JCh-2026ga jo‘nab ketganidan so‘ng, klubdan hech kim uning sog‘lig‘i bilan qiziqmagan va u bilan xayrlashmagan.

Ikkinchidan, hujumchi “Atletiko”ning “Barselona” taklifiga javob bermayotganidan g‘azabda. Alvares shu kabi voqealar silsilasidan xafa.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting