Alonso «Liverpul»ni boshqarishga tayyor — manba
«Bayer» va «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso «Liverpul»ni qabul qilib olishga tayyor. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Alonso o‘ziga ishonadi va klubdagi mavjud futbolchilar hisobiga «Liverpul»da jahon darajasidagi jamoa shakllantira olishiga ishonch bildirgan. Shu bilan birga, manba unga mersisaydliklar bosh murabbiyligi rasman taklif qilingan-qilinmagani haqida aniq ma’lumot bermagan.
Xabi Alonso «Real» klubida 2025 yil yozidan buyon faoliyat yuritgan, undan avval esa «Bayer»ni boshqargan. «Qaymoqranglilar» bosh murabbiyligi lavozimini madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi — Alvaro Arbeloa egalladi.
Ispaniya chempionatida «Real» hozirda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Madrid klubi 20 ta uchrashuvdan so‘ng 48 ochko jamg‘argan.