Alonso «Liverpul» bilan muzokara boshladi
Mersisaydliklar Angliya chempionatining 23 o‘yinidan so‘ng 36 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoning vakillari bilan aloqada bo‘lgan. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida to‘p surgan klubiga qaytishga qarshi emas. Muzokaralar ijobiy davom etayotgani xabar qilinmoqda.
Shu sababli Alonso Arne Slotning o‘rnini egallashi mumkin. U 12 yanvar kuni “Real” bosh murabbiyligidagi faoliyatini to‘xtatgandi.
Ma’lumot uchun, mersisaydliklar Angliya chempionatining 23 o‘yinidan so‘ng 36 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist