locale OZ

“Al-Nasr” Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashish arafasida — Marca

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Ispaniyaning nufuzli Marca nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi tajribali hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashish niyatida. Bugun, 29 may kuni jamoa matbuot anjumani o‘tkazishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda klub tarkibi hamda ma’muriy tuzilmadagi ko‘plab o‘zgarishlar haqida e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Al-Nasr” joriy mavsum Saudiya Arabistoni Pro-ligasini 70 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi. Chempion “Al-Ittihod”dan jamoa 13 ochkoga ortda qoldi. Shunga qaramay, Krishtianu Ronaldu 25 gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

40 yoshli portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon saudiyalik klub safida to‘p surmoqda. Uning “Al-Nasr” bilan tuzilgan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting