Alli A Seriyaga qaytishi mumkin
Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
Angliyalik sobiq futbolchi Dele Alli faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 30 yoshli yarimhimning xizmatlari «Monsa» klubiga taklif qilingan. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Ayni paytda Alli erkin agent maqomida. U 2025 yil sentyabridan beri klubsiz qolmoqda. Futbolchi so‘nggi marta «Komo» safida maydonga tushgan va ushbu jamoa bilan shartnomasini bekor qilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Alli «Tottenhem», «Everton», «Beshiktosh», «Komo» hamda «MK Dons» klublarida to‘p surgan. U «Tottenhem»dagi ilk yillarida Angliya futbolida eng iqtidorli yarimhimlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist