Allegri: «Messi va Ronaldu uchun eng yaxshi yo'l Bekhemning yo'lidan ketish»
«Milan» bosh murabbiyi Allegri Ronaldu va Messining kelajakda murabbiy bo'lishi haqida fikr bildirdi.
«Ronaldu va Messining futbol murabbiyi bo'lishi uchun xohishi yuqori darajada deb o'ylamayman. Ular futbolchi sifatida maydonda va uning tashqarisida juda katta muvaffaqiyatga erishdilar.
Bu ikki iqtidor egalari futbolni hali ham professional darajada o'ynayotgan milliarderga aylandilar. Shunisi aniqki, Messi va Ronaldu murabbiy sifatida taklif qilinadigan shartnomalarga qoniqmaydilar. Ular futbolda va moliyaviy hayotda tarix yarata olishdi.
Messi va Ronaldu uchun eng yaxshi yo'l Bekhemning yo'lidan ketish va o'z klubiga ega bo'lish. Ular sotib olgan jamoalar uchun muxlis to'plashda ham muammoga ega bo'lishmaydi, chunki allaqachon bu ikki iqtidor dunyodagi eng mashxur va sevimli futbolchilarga aylanib ulgurishgan»,-dedi mutaxassis.