Allegri Levandovskini «Milan»ga olib kelmoqchi
Joriy mavsumda u klub safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
ФОТО: Getty images
“Milan” klubi “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, gol urishdagi samaradorlik muammosi sababli italiyaliklar to'purar forvard izlamoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'z uslubiga mos bo'lgan futbolchi sifatida aynan Levandovskini ko'rmoqda.
Levandovski “Barselona” bilan 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnomasining oxirigacha klubda qolmoqchi. Tomonlar kelishuvni uzaytirishi hozircha noma'lum.
Joriy mavsumda u klub safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist