Alkantara «Barselona»ga qaytdi
U Flikkka yordam beradi.
ФОТО: Getty images
Tiago Alkantara "Barselona"ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
"Bavariya" va "Liverpul"da ham o‘ynagan kataloniyaliklarning 34 yoshli tarbiyalanuvchisi yana "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning yordamchisiga aylandi.
Sobiq futbolchi bugundan jamoada ishga kirishdi. Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi o‘z tajribasi va o‘yin haqidagi tasavvurini jamoaning kundalik ishiga olib kirish ham uning vazifasiga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Tiago o‘tgan yili Flik tayinlanganidan keyin - iyuldan avgustgacha "Barselona" murabbiylar shtabida ishlagan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist