Alijonov mashg'ulotlarda kichik jarohat olgan. Uning holati qanday?
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Tibbiy diagnostika va klinik tekshiruv xulosalariga ko‘ra, himoyachining tiklanishi uchun taxminan bir hafta vaqt talab etiladi.
"Ayni vaqtda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual tiklanish mashg‘ulotlarini olib bormoqda", – deyiladi O‘FA xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist