Alijon Alijonov Nepal klubiga yo‘l oldi
U yana Nepal chempionatiga qaytdi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik himoyachi Alijon Alijonov legionerga aylandi.
Sports24.uz xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi Nepalning “Machindra” klubi bilan shartnoma imzolagan. Klub mamlakatning A ligasida ishtirok etadi.
Alijonov o‘tgan mavsumni Qirg‘izistonning “Neftchi” klubida o‘tkazgandi. Undan avvalroq ham Nepal Superligasida ishtirok etuvchi jamoa sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, u faoliyati davomida “Navbahor”, “Paxtakor” yoshlar jamoalari, “Ko‘kto‘sh”da (Tojikiston) ham to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist