locale OZ

Ali Abdelaziz Topuriya — Usman Nurmagomedov jangi uchun o‘z cho‘ntagidan 1 mln dollar to‘lashga tayyor

Menejerning fikricha, Usman Nurmagomedov uslub jihatidan Topuriya uchun juda noqulay raqib bo‘lishi mumkin.
Ali Abdelaziz Topuriya — Usman Nurmagomedov jangi uchun o‘z cho‘ntagidan 1 mln dollar to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

Taniqli menejer Ali Abdelaziz Ilia Topuriya va Usman Nurmagomedov o‘rtasidagi jangni tashkil qilish uchun shaxsan moliyaviy yordam berishga tayyorligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar UFC bu jangni o‘tkazishga qaror qilsa, Nurmagomedovning gonorariga o‘z cho‘ntagidan hatto 1 million dollargacha qo‘shib berishi mumkin. Bu haqda Abdelaziz Submission Radio’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Abdelaziz mazkur to‘qnashuvni o‘zining “orzu jangi” deb atadi. Menejerning fikricha, Usman Nurmagomedov uslub jihatidan Topuriya uchun juda noqulay raqib bo‘lishi mumkin. U ayniqsa Nurmagomedovning kurash va parterdagi imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

“Agar UFC bu jangni tashkil qilmoqchi bo‘lsa, men o‘z cho‘ntagimdan to‘layman. Kerak bo‘lsa, Usmanning gonorariga 1 million dollar qo‘shaman”, — deya Abdelazizning so‘zlari keltiriladi.

Ma’lumot uchun, Abdelaziz ayni paytda Usman Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzolagani haqida gapirmaganini alohida ta’kidladi. Shu sabab Topuriya — Nurmagomedov jangi hozircha faqat menejer ilgari surayotgan ehtimoliy superjang sifatida ko‘rilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting