\"Al-Hilol\" Zidan uchun yiliga 100 mln yevro maosh taklif qildi
U ushbu taklifni rad etgan
Photo: Getty Images
Zinedin Zidan Saudiya Arabistonidan tushgan foydali taklifni rad etdi. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Qayd etilishicha, u murabbiylik lavozimiga qaytishga shoshilmayapti. Fransiyalik sobiq futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilingan.
Zidan bu vaqt ichida u 100 million yevro ishlab olishi mumkin edi. U faqat Fransiya terma jamoasida ishlashni xohlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan 2021 yilgacha "Real Madrid"ni boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist