\"Al-Hilol\" Santu xizmatiga qiziqmoqda
Photo: Getty Images
“Al-Hilol” klubi “Nottingem Forest” bosh murabbiyi Nunu Espiritu Santu xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saudiya klubi 51 yoshli portugaliyalik mutaxassisni anchadan beri kuzatib kelmoqda. U avvalroq “Al-Ittihod”ni boshqargan. 2023 yildan beri “Nottingem Forest”ni boshqarib kelmoqda.
“O‘rmonchilar” APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. Ular hisobida 65 ochko to‘plangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist