\"Al-Hilol\" Osimhenga juda katta maosh taklif qildi
Photo: Getty Images
“Al-Hilol” klubi Viktor Osimhen bo‘yicha dahshatli taklif yubordi, deya xabar beradi Corriere dello Sport.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klubi "Napoli" hujumchisiga bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yiliga 40 million yevro va uch yillik shartnoma taklif qilgan. U to‘rt yil davomida Saudiya Arabistonida 160 million yevro ishlab olishi mumkin.
Neapolliklar futbolchi transferidan 75 million yevro ishlab olmoqchi.
Shuningdek, futbolchiga “Liverpul”, “Yuventus” va “Galatasaroy” klublari ham qiziqish bildirgan.
Osimhen so‘nggi mavsumni "Galatasaroy"da o‘tkazdi va Turkiya Superligasida 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist