“Al-Hilol” Fernandeshga qancha maosh taklif qilgani ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettirishi mumkin.
Goal xabariga ko‘ra, saudiyaliklar Fernandeshga yiliga 65 million funt maosh taklif qilgan. Bruno hali bu taklifga javob bermadi.
Saudiyaliklar kelishuvni 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha yakunlamoqchi.
Saloҳ "Liverpul"da qolishga qaror qilganidan keyin "Al Hilol" yulduz futbolchi izlamoqda. Klub misrlik uchun ajratilgan 500 million funtni boshqa yirik transferlarga sarflashga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist