\"Al-Hilol\" Fernandesh uchun kurashni davom ettirmoqda
Photo: Getty Images
"Al Hilol" hali ham Bruno Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klubi "Manchester United" sardori vakillari bilan aloqani davom ettirmoqda.
Tomonlar shu haftada yana bir uchrashuv o‘tkazishadi. "Al Hilol" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan o‘yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgani uchun portugaliyalik futbolchiga javob berish uchun bir hafta muhlat berildi.
Shuningdek, “Al-Hilol” muqobil variant sifatida “Aston Villa” yarim himoyachisi Youri Tielemansni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Transfer narxi 55-60 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.