Aleksey Kozlov - \"Lokomotiv\" darvozaboni!
"Lokomotiv" PFK tarkibini kuchaytirish yo‘lida darvozabon Aleksey Kozlov bilan shartnoma imzoladi.
photo: Lokomotiv fk
"Lokomotiv" PFK jamoamiz tarkibini kuchaytirish yo‘lida darvozabon Aleksey Kozlov bilan shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda Qirg‘iz Respublikasining "Neftchi" klubi tarkibida harakat qilib, 25 o‘yinda 1 gol urgan va 4ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan rossiyalik darvozabon yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
"Lokomotiv"ga xush kelibsan, Aleksey!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor