Aleksandr Zinchenko «Ayaks»ni tark etadi
Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko mavsum yakunlangach Niderlandiyaning "Ayaks" klubini tark etadi. Bu haqda Algemeen Dagblad nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klubning texnik direktori Yordi Kruyff asosiy tarkibni tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Yozda jamoani taxminan 15 nafar futbolchi tark etishi mumkin. Boshqaruv bu orqali ro‘yxatda joy bo‘shatish va transfer byudjeti hajmini oshirishni maqsad qilgan.
Tarkibdan ketishi kutilayotgan futbolchilar orasida Zinchenko va chex darvozaboni Vitezslav Yaroshlarnomi ham bor. Agar Yaroshl "Liverpul"dan ijara asosida Amsterdam klubida o‘ynayotgan bo‘lsa, Zinchenkoni "Ayaks" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shundan so‘ng ukrainalik futbolchi erkin agentga aylanadi va klub uning shartnomasini uzaytirmaydi.
Zinchenko 2026 yilning qishida "Arsenal"dan "Ayaks"ga o‘tgan, ammo klub safida atigi ikki o‘yin o‘tkazgan. Fevral oyida himoyachi "Fortuna Sittard"ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgan va taxminan olti-yetti oy davomida maydondan chetlatilgan.