locale OZ

Aleksandr Xomyakov: «O‘yinning taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi»

"Buxoro" ustozi "Sho‘rtan"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Xomyakov: «O‘yinning taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi»
Фото: Бухоро ПФК

Superliga 29-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Bir necha bor qulay vaziyatlarga ega bo‘lishimizga qaramay, g‘alaba qozona olmadik. O‘yinning taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi. Hozir darhol o‘yinni tahlil qilish qiyin. G‘alaba qozonishimiz shart edi. Bir joyda turdik deb ayta olmayman, oxirigacha harakat qildik, ammo harakatning o‘zi kamlik qildi. Shu bois ham durang natijaga erishdik.

— "Sho‘rtan" kurashdan chiqqan. Bu faktor bugun "Buxoro" foydasiga ishlashi kerak emasmid?
— Biz "Sho‘rtan" jiddiy qarshilik ko‘rsatishini bilardik, chunki har qanday jamoa maydonga tushganidan so‘ng oxirigacha o‘ynashga harakat qiladi. Har holda bu Superliga. Yana qaytarib aytaman, vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, lekin bittadan ortiq to‘p kirita olmadik. Turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib bugun yutishimiz shart edi. Vaziyatlardan foydalanishda oqsadik, hatto qo‘shimcha daqiqalarda ham qulay imkoniyatga ega bo‘ldik.

— "Sho‘rtan" qaysi tomondan noqulaylik tug‘dirdi?
— Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, "Sho‘rtan" uy o‘yinlarida ko‘p jihatdan raqibga nisbatan ustunlik qiladi. Bu holat har qanday raqibga qarshi bahsda bo‘lishi mumkin. Lekin bu jamoaning ham ojiz tomonlari bor va birinchi taymda shundan foydalanishimiz kerak edi. Hujumda yanada agressiv bo‘lishimiz shart edi. "Sho‘rtan" esa futbol o‘ynaydigan jamoa.

— Azizbek Amonov jamoadan ketishi mumkin deb eshitdik.
— Keling, avval vazifani bajaraylik. Superligada qolishni uddalaylik, undan keyin rahbariyat bilan futbolchilar borasida gaplashamiz. Azizbek Amonov universal futbolchi, istalgan chiziqda o‘ynay oladi, jamoaga ko‘p foydasi tegadi. Uning statistikasi ham ajoyib. Lekin Aziz terma jamoada o‘ynashi uchun o‘z ustida ko‘p ishlashi kerak.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting