locale OZ

Aleksandr Xomyakov: «Nodirjon Ahmadjonov chinakamiga juda chiroyli gol urdi»

Buxoroliklar ilk bor finalda ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Xomyakov: «Nodirjon Ahmadjonov chinakamiga juda chiroyli gol urdi»
Фото: Бухоро ПФК

Oʻzbekiston kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Soʻgʻdiyona” (3:2) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Oʻyin haqida fikringiz?
— Kelinglar, savollarni qisqa qilamiz va bayramni nishonlaymiz. Bu gʻalaba, avvalo, jamoaniki. Chunki men yaqinda keldim va “Buxoro” men kelgunimga qadar katta yoʻlni bosib oʻtgan edi. Avval guruhdan chiqdi, keyin chorak finaldan oʻtdi. Bugungi bahsda ham maksimum kuchni berdik. Men qoʻlga kiritilgan gʻalaba va kubok finaliga chiqqanimiz uchun jamoada barcha futbolchilarga rahmat aytaman. “Buxoro” menga ikkinchi bor finalda oʻynash imkonini berdi va bundan juda xursandman. Ogʻir uchrashuvni oʻtkazdik. Qoʻshimcha taymlarda oʻynadik, lekin taslim boʻlmadi.

— Bugun zaxiradan tushgan yosh futbolchi Nodirbek Ahmadjonov supergol urib jamoani finalga olib chiqdi.
— Qoʻlga kiritilgan muhim gʻalabada barcha futbolchilarning hissasi bor. Biz uchrashuv qaydnomasi roʻyxatiga kimlarni kiritgan boʻlsak, hamma oʻz hissasini qoʻshdi. Men uchun asosiy tarkibda tushgan oʻyinchi bilan zaxiradan kirgan futbolchi bir xil. Hamma imkoniyatga ega. Kim gol urishining farqi yoʻq, asosiy narsa — gʻalaba. Albatta, Nodirjon uchun xursandman. U chinakamiga juda chiroyli gol urdi. Oʻyinga tezda kirishib ketdi, oʻziga ishonch bilan zarba berdi. Hammaga rahmat, endi bayram qilamiz!

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting