Аleksandr Xomyakov: 20 nafar futbolchini maydonga tushira olmayman-ku
Superliga 3-turidan oʼrin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan soʼng jamoamiz bosh murabbiyi Аleksandr Xomyakov oʼyindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Sovuq ob-havo boʼlishiga qaramay, ancha qiziqarli va qaynoq oʼyin boʼldi. Toʼgʼri, golli vaziyatlar koʼp boʼlmagandir, lekin ancha mazmunli oʼyin boʼldi. Gʼalaba qozonganimizda yaxshi boʼlardi. Oʼtkazib yuborgan golimiz tufayli oldinga oʼtishga majbur boʼldik va shu sababli raqib darvozamiz xavf sola boshladi. Raqib darvozamiz oldida bir nechta yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Ushbu oʼyin toʼgʼri xulosa chiqarib, oldinga yurishda davom etamiz", — deya fikr bildirdi Аleksandr Xomyakov uchrashuvdan. yakunlanganidan soʼng.
- "Buxoro" zaxirasida Qulmatov, Todorov va Basheleishvili kabi tajribali futbolchilar bor. Nega Basheleishvili soʼnggi 10-15 daqiqada maydonga tushmoqda? Balki unda jarohat bordir? Basheleishvili maydonda Rodich bilan yaxshi boʼlayotgandek. Nega ushbu futbolchiga koʼproq oʼyin vaqti berilmayapti?
- Savolning mazmuni nimada?
- Nega Basheleishviliga kam oʼyin vaqti berilmoqda?
- Men 20 nafar futbolchini maydonga tushira olmayman-ku. Toʼgʼrimi? Menimcha, tarkibni tanlash va futbolchilarni maydonga tushirish bosh murabbiyning istagiga koʼra roʼy berishi kerak. Mavsum endi boshlandi. Hali barcha futbolchilar oʼzini toʼliq namoyish etish imkoniyatiga ega boʼladilar.
- Dominik Begich oʼtgan mavsumdagi oʼyinini namoyish eta olmayapti. Bunga sabab nima?
- U jamoaga qoʼshilib keta olmadi degan fikrga qoʼshilmayman. U safimizga biroz kechroq qoʼshildi. Hozir jismoniy holatini tiklash bilan band. Umid qilamanki, u tezroq eng yaxshi sport formasiga qaytib oladi. Unga hech qanday eʼtirozim yoʼq. Murabbiy sifatida u yaxshiroq oʼyin namoyish etishini istayman, ammo buning uchun vaqt kerak.
- Hakamlik haqida gapirib oʼtsangiz...
- Men hakamlarni muhokama qilmayman. Oʼyin asabiy va bosimga boy boʼldi. Toʼgʼri, ayrim vaziyatlarning bosh hakamning qaroriga qoʼshilmagandirman. Lekin u bugungi uchrashuvni yaxshi boshqarib bordi.
- Ubaydullaevda 3-4ta yaxshi imkoniyat boʼldi, lekin vaziyatlar golga aylantirilmadi. Buning sababi nimada?
- U mening kutilmalarimni toʼliq oqlamoqda. Gol urishni esday chiqarib qoʼygani yoʼq. Futbol xatolar ustida quriladigan oʼyin. U oʼz imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Ishoning, Ubaydullaev hali oʼz soʼzini aytadi. Futbolchilarga eʼtirozim yoʼq.
- Mladovich va Kachavarani qachon maydonda koʼramiz?
- Ular umumiy guruhga qoʼshilishdi. Maydonga tushishga tayyor boʼlishlari bilanoq ularga imkoniyat beramiz.
- "Buxoro"da jarohatlangan futbolchilar koʼp. Bugun Ubaydullaev besh metrdan darvozani poylay olmadi. Аvvalgi oʼyinlarda esa Begich xuddi shunday vaziyatni koʼkka sovurgan edi. Keyingi uchrashuvda "Buxoro" "Dinamo"ni qabul qiladi. "Dinamo" bunday xatolarni kechirmasligi mumkin. Ushbu muammoni qanday bartaraf etmoqchisiz?
- Hujumchilar kam sonli mahsulot hisoblanadi. "Dinamo"ga tayyorgarlik koʼramiz. Bugun biz gol urmadik va raqib shundan soʼng darvozamizga gol urdi. Demak, oʼsha mashhur ibora hali hamon ishlamoqda. Bizda realizatsiya masalasida muammolar bor. Dastlabki oʼyinlarda raqib darvozasida vaziyatlar yarata olmayotgandik. Endi esa vaziyatlar yetarlicha. Barchasi yaxshi boʼladi. Xavotir olmang.
- "Xorazm" oʼtgan mavsumda oʼtish oʼyinida bizni magʼlub etgan edi. Joriy mavsumda esa durang qayd etildi. "Xorazm" "Buxoro" uchun noqulay raqibmi?
- Nega noqulay raqib? Oʼtgan mavsum biz umuman boshqa jamoaga magʼlub boʼlgandik. Joriy mavsumda ikki jamoa ham tarkibini oʼzgartirdi. "Xorazm" yaxshi jamoa. Toʼgʼri himoyalandi va qarshi hujumlarga oʼtdi. Oʼz vaziyatlariga ham ega boʼldi. Biz ushbu jamoani oʼrganib chiqqan edik. Gol oʼtkazib yuborganimizga qadar deyarli imkoniyat bermayotgandik. Bu futbol.