Aleksandar Shushnyar – «Lokomotiv» futbolchisi
Shushnyar 2026-yilda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
Фото: Локомотив ПФК
Superliganing yangi mavsumiga jiddiy hozirlik qilayotgan "Lokomotiv" himoya chizig'ini bo'ydor himoyachi bilan kuchaytirdi.
O'tgan mavsumda "Nyukasl Jets" sharafini himoya qilgan avstraliyalik futbolchi Aleksandar Shushnyar 2026-yilda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
192 sm bo'yga ega 31 yoshli markaziy himoyachi Avstraliya A-ligasining davom etayotgan mavsumida 5 o'yinda, o'tgan mavsumda esa 23 bahsda qatnashib, 1 tadan gol va assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist