Aleks Pereyra Braziliyada Neymar bilan uchrashdi
Ikki mashhur sportchi xayriya kechasida birga ko‘rinish berdi va esdalik uchun suratga tushdi.
Foto: Getty Images
UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Aleks Pereyra Braziliyada “Santos” hujumchisi Neymar bilan uchrashdi.
Ikki mashhur sportchi xayriya kechasida birga ko‘rinish berdi va esdalik uchun suratga tushdi.

Ma’lumot uchun, Aleks Pereyra professional MMA faoliyatida 13 ta g‘alabaga erishgan bo‘lib, ularning 11 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan. Neymar esa 2025-yilda “Santos” safiga qaytgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist