Aleks Fergyuson: «Yoshim sakson to'rtda. Agar sakson beshgacha yashasam, demak hammasi joyida bo‘ladi»
«Manchester Yunayted» afsonasi demensiya (aqliy zaiflik) kasalligiga chalinish ehtimolidan qattiq xavotirda.
photo: gettyimages
«Manchester Yunayted» afsonasi Aleks Fergyuson demensiya (aqliy zaiflik) kasalligiga chalinish ehtimolidan qattiq xavotirda ekanligini aytdi.
«Men bundan xavotirdaman, chunki vaqtida boshim bilan juda ko‘p o‘ynaganman. Barcha futbolchilar kabi.
Demensiya — keksalikda har qanday inson uchun jiddiy sinov. Sen bu haqda qattiq qayg‘urasan. Men tez-tez o‘zimga shunday deyman: «Yoshim sakson to'rtda (kuladi). Agar sakson beshgacha yashasam, demak hammasi joyida bo‘ladi»,-dedi afsonaviy murabbiy.