locale OZ

Albert Riyora «Ayntraxt» bosh murabbiyligidan boʻshatildi

Ispaniyalik mutaxassis jamoani yarim mavsum boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Albert Riyora «Ayntraxt» bosh murabbiyligidan boʻshatildi
FOTO: Getty Images

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bosh murabbiy Albert Riyorani isteʼfoga chiqarganini eʼlon qildi. Ispaniyalik mutaxassis bilan birga uning murabbiylar shtabi ham jamoani tark etadi.

«Unga kelgusi shaxsiy va professional faoliyatida omad tilaymiz!» — deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Riyora jamoani 2026 yilning yanvar oyida qabul qilib olgandi. Ayni paytda Frankfurt klubi Germaniya chempionatida 32 turdan soʻng 43 ochko bilan 8-oʻrinda bormoqda va yevrokuboklar zonasidan 15 ochkoga ortda qolyapti.

Ma’lumot uchun, Riyora bundan avval Sloveniyaning «Sele» klubini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting