Alba mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
Shu tariqa, Alba 36 yoshda butsalarini mixga iladigan bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Jordi Alba muhim qarorni e'lon qildi.
"Inter Mayami" chap qanot himoyachisi 2025-yilgi MLS mavsumi yakunlangach, faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.
Shu tariqa, Alba 36 yoshda butsalarini mixga iladigan bo‘ldi.
Tajribali futbolchi faoliyati davomida "Ximnastik", "Valensiya", "Barselona" va "Inter Mayami"da o‘ynagan. Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan oltita Ispaniya chempionligi va bitta Chempionlar Ligasi kubogi.
Avvalroq, "Inter Mayami"ning yana bir yulduzi Serxio Buskets mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist