locale OZ

«Al-Xaldiya» ustozi: «Uch ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish maqsadimiz bor»

Bahrayn klubi ustozi "Andijon"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Xaldiya» ustozi: «Uch ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish maqsadimiz bor»
Фото: Андижон ПФК

“Al-Xaldiya” - “Andijon” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ali Ashur va futbolchisi Mahdi Abduljabborg ishtirok etishdi.

- Biz ertaga qanday muhim o‘yinligini bilib turibmiz. Siz murabbiy sifatida ushbu uchrashuvdan nima kutyapsiz?

Ali Ashur: - Bu o‘yinni hurmat qilamiz. Guruhdagi to‘rtta jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoni bor. Biz jamoamizni taktik jihatdan yaxshi tayyorladik. To‘rtta bahsni o‘tkazdik, bu beshinchi uchrashuvimiz. “Andijon”ga qarshi qo‘limizdan kelganicha eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, uch ochko olishga harakat qilamiz. Muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Mahdi Abduljabbor: - Biz uchun jiddiy o‘yinligini bilamiz. “Andijon” jamoasiga qarshi oldingi o‘yinimizni tahlil qilib, xatolarimizni o‘rgandik va kamchiliklarimizni yo‘qotish ustida ishladik. Uch ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish maqsadimiz bor.

- Guruhda kuchli raqobat bor. Har bir o‘yin finaldek muhim. Bu uchrashuvdagi g‘alaba jamoangizga keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshiradi. Bo‘lajak o‘yinda butun mahoratingizni ko‘rsatishga tayyormisiz?

Ali Ashur: - Albatta. “Al-Xaldiya” Bahrayndagi eng katta klublardan biri. Biz chempion bo‘lganmiz. Har bir o‘yinga bor imkoniyat va kuchimizni sarflaymiz. “Andijon”ga qarshi uchrashuv juda muhimligini bilib turibmiz. Hujumkor futbol namoyish qilamiz va raqibni hayron qoldirishga harakat qilamiz", - dedi “Andijon” matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting