\"Al-Qodisiya\" Retegi transferi uchun 65 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images
“Atalanta” hujumchisi Mateo Retegi faoliyatini “Al-Qodisiya”da davom ettirish arafasida turibdi.
Fabrizio Romanoning xabar berishicha, saudiyaliklar italiyalik futbolchining transferiga 65 million yevro sarflashga tayyor.
Avvalroq klub 40 mln yevro taklif qilgandi. Keyinchalik “Al-Qodisiya” taklif miqdorini 53 mln yevroga oshirgandi.
Agar Retegi Saudiya Arabistoniga yo‘l olsa, 4 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi yiliga 20 mln yevro atrofida maosh oladi.
Yakunlangan mavsumda Retegi A Seriyada 36 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist