locale OZ

«Al-Kholidiya» haqida nimalar ma’lum?

“Andijon” – “Al-Kholidiya” uchrashuvi 22 oktyabr kuni “Bobur arena”da soat 18:45 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Kholidiya» haqida nimalar ma’lum?
ФОТО: Getty images

“Andijon” klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi doirasida Bahraynning “Al-Kholidiya” jamoasini qabul qilishi haqida xabaringiz bor.

Ayni paytda “B” guruhida “Al-Kholidiya” ikki turdan so‘ng 4 ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda. Ilk turda Qatarning “Al-Ahli” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turda Turkmanistonning “Arkadag” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Al-Kholidiya” 2020 yilda tashkil etilgan. Klub uy o‘yinlarini “Bahrayn Milliy” stadionida o‘tkazadi. Ushbu arena 30 000 tomoshabinga mo‘ljallangan.

Bu jamoaning muhim yutuqlari bor. O‘tgan yili Bahrayn Qirol Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, undan avvalgi ketma-ket ikki yil davomida Bahrayn chempioni bo‘lgan. Umuman olganda, “Al-Kholidiya” hisobida 5 ta sovrin bor: ikki bor Qirol Kubogi, ikki marta mamlakat chempionligi va bir marta Superkubokni yutgan. Klub 2021 yildan beri har mavsum sovrin yutib kelmoqda.

“Al-Kholidiya” Andijonga safari oldidan milliy chempionatning 5-turi doirasida “Bahrayn SK” jamoasini qabul qilib, raqibini 4:0 hisobida tor-mor keltirdi. Hozirgi paytda 5 o‘yinda 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Klubni mahalliy, 44 yoshli mutaxassis Ali Ashur boshqarib bormoqda.

Shuningdek, jamoada legionerlarga katta e’tibor qaratiladi. Jumladan, 13 nafar xorijlik futbolchi to‘p surmoqda. “Al-Kholidiya”ning eng qimmat futbolchisi – marokashlik legioner, 31 yoshli himoyachi Ayub El Amlud bo‘lib, uning transfermarkt’dagi narxi 800 ming yevroni tashkil qiladi. U joriy yilning avgust oyida jamoaga qo‘shilgan.

Bu yilning yozida “So‘g‘diyona”ga qo‘shilgan va muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan serbiyalik himoyachi Filip Ivanovich yarim mavsum “Al-Kholidiya” sharafini himoya qilgan.

“Andijon” – “Al-Kholidiya” uchrashuvi 22 oktyabr kuni “Bobur arena”da soat 18:45 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting