locale OZ

«Al-Ittihod» 32 mln yevroga 19 yoshli futbolchini sotib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Ittihod» 32 mln yevroga 19 yoshli futbolchini sotib oldi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al-Ittihod" o‘z safiga Rojer Fernandeshni qo‘shib oldi.

U “Braga” klubida o‘ynayotgan edi. Transfer 32,5 million yevroni tashkil qildi. Shuningdek, 2,5 million yevro miqdoridagi bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.

19 yoshli vinger o‘tgan mavsum "Braga" safida 48 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida u 22 mln yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting