locale OZ

\"Al-Hilol\" Kin bilan muzokarani boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al-Hilol" Kin bilan muzokarani boshladi
Photo: Getty Images

“Fiorentina“ hujumchisi Moyze Kin faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchiga “Al Hilol“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.

Saudiya jamoasi hujumchiga yiliga 20 million yevro to‘lashga tayyor. Ushbu transferni jamoa ustozi Simone Indzage istamoqda. “Fiorentina“ hujumchining transferidan 52 million yevro ishlab olmoqchi.

O‘tgan mavsum Moyze Kin A Seriyada 32 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va yana 3 ta golga assist bo‘lgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting