locale OZ

«Al-Ahli» Spertsyan transferi uchun 25 mln yevro sarflashga tayyor

Klublar hali muzokaralarga kirishmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Ahli» Spertsyan transferi uchun 25 mln yevro sarflashga tayyor
ФОТО: Getty images

"Al-Ahli" klubi "Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spertsyan bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Chempionat" xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni klubi futbolchi uchun kamida 25 million yevro to‘lashga tayyor.

Shu bilan birga, klublar hali muzokaralarga kirishmagan, futbolchi esa kelajagi borasida qaror qabul qilmagan.

Spertsyan "Krasnodar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning "buqalar" bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting