locale OZ

Akmal Shorahmedov: «Bundan katta fojea yasash kerak emas»

"Burgutlar" Termizda yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Shorahmedov: «Bundan katta fojea yasash kerak emas»
Фото: Андижон ПФК

“Surxon” - “Andijon” (4:0) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida “burgutlar” bosh murabbiyi Maksim Shatskix sog'ligi bilan bog'liq muammo sababli uning o'rniga yordamchi murabbiy Akmal Shorahmedov qatnashdi.

- O'yinni yomon boshlamadik. Bizda o'yinlar ko'pligi sababli qiyin bo'lyapti. Chunki faqat bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Asosiy tarkibdagi ikkita futbolchiga dam berib, biroz rotatsiya qilmoqchi bo'ldik. Lekin bu futbol. Birinchi o'tkazib yuborilgan goldan keyin jamoa o'ziga kela olmadi. Ketma-ket shedevr gollar kiritildi. O'yindan oldin ham aytib turgandim, futbolchi bo'lganman, OChLda o'ynab turib yana chempionatga qo'shib o'ynab ketish juda qiyin. Chunki OChLda o'ynaganda futbolchi o'zini yuqori tutib, ishonchi yanada ko'payib ketadi. Futbolda bor narsa. Shu bois har uchrashuvda qaysi chempionatda o'ynasak ham isbotlashimiz kerak. Turnir jadvali bo'yicha teparoqda bo'lishimiz kerak. Mayli, hisob kattalashib ketdi. 1:0mi, 4:0mi, baribir yutqazdik. Bundan katta fojea yasash kerak emas. Yigitlarga ham aytdik. Hozir eng yaxshisi, shunday mag'lubiyatlar jamoani aksincha keyingi uchrashuvlarga birlashtiradi, deb o'ylayman. Muxlislarimizdan ushbu mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz.

- “Andijon” xalqaro arenada o'ynayapti. OChLdagi o'yiniga omad tilaymiz. “Andijon” katta loyiha. Jamoani bugungi o'yiniga nima yetishmadi?

- Biz ham, “Nasaf” ham rotatsiyadan qiynalyapmiz. Chunki bizda 10-12 ta o'yinchilarimiz bor, qolgani yoshroq. Qaysidir uchrashuvda kimgadir dam berish yoki almashtirish juda qiyin kechmoqda. Bundan avval “Mash'al” bilan o'yinda ham shunday qilgandik, bo'lmadi. OChL uchun o'yinchi olmoqchi bo'ldik, 1-2 tasi jarohat olib qoldi. Shu bois bitta tarkib bilan o'ynashga to'g'ri kelmoqda. Qachondir shu narsa bo'lishi kerak edi. “Surxon”ga kelganda shu narsa bo'ldi.

- Erzhan Tokotaev nafaqat Qirg'izistonni, balki Markaziy Osiyoni zo'r darvozabonlaridan biri. “Surxon”dan 4 ta gol o'tkazib yubordi. U formadami?

- Biz jamoamiz. Yutqazdikmi, butun jamoa bo'lib yutqazdik. Futbol doirasi ichida xatolarni ko'rib chiqamiz. Lekin bir-birimizga u yoki bu yomon deyishimiz yaxshi emas. Men ham futbolda katta bo'lganman. Yutqazdikmi, hammamiz yutqazdik. Bizning aybimiz vaqtida rotatsiya qilish uchun tajribali o'yinchilarni kam olganimiz, deb o'ylayman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting