Akmal Rustamov: \"Bugungi o‘yinda omad biz tomonida bo‘ldi deb o‘ylayman\"


Superliganing 15-turi doirasida "Sho‘rtan" – "Qizilqum" bahsidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Guvohi bo‘ldingiz, juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. "Neftchi" bilan o‘yindan keyin futbolchilarimizda toliqish holatlari bor edi. Shunga qaramay bugungi bahs uchun yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Bugungi o‘yinda omad biz tomonida bo‘ldi deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlar yaratdik, biroq bulardan foydalana olmadik. Gol urgani bo‘lsak-da, birinchi bo‘lim oxirida baribir darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Ikkinchi bo‘limda omad biz tomonida edi, yigitlarimga rahmat aytaman, borlarini berishdi. Ulardan bugun mamnunman.
- Birinchi davra yakunlandi. Davralar oralig‘idagi o‘zgarishlar, rejalar qanday?
- Albatta, o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘zgarishlar matbuotda e’lon qilinadi. Ikki-uch futbolchi olib kelish niyatimiz bor. Yangi qon bo‘lsa, jamoada o‘zgarish bo‘ladi. Oldimizda bir oy bor, ishlaymiz. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12-13 iyuldan boshlaymiz. Dastlabki 10 kun tayyorgarlik Navoiyda bo‘lsa, qolgan kunlari Toshkentda bo‘lamiz deb rejalashtiryapmiz. Navoiydan kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Uylariga yaxshi yetib olishsin va doimo sog‘-salomat bo‘lishsin. Hammalariga rahmat", - deydi Rustamov.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12