Ake Madrid klubiga yo'l olishi mumkin
Joriy mavsumda Natan Ake «Manchester Siti» safida 13 o'yin o'tkazgan.
ФОТО: Getty images
«Atletiko» «Manchester Siti» himoyachisi Natan Akening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi transferga rozi bo'lishi mumkin. Himoyachi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan maydonga ko'proq tushishni istaydi. Akening mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 18 million yevroga baholagan.
Joriy mavsumda Natan Ake «Manchester Siti» safida 13 o'yin o'tkazgan. Ushbu bahslarda u samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist