Akanji «Milan»ga o'tmoqda – manba
Фото: Getty Images
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli shveytsariyalik futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazmoqda. Milanliklar himoyachi uchun 15 million funt to'lashadi.
Avvalroq, Manuel Akanjiga "Galatasaroy" qiziqish bildirgandi. Biroq himoyachi faoliyatini Turkiyada davom ettirishni istamadi.
Akanji 2022 yildan beri "Manchester Siti"da harakat qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri himoyachini 28 million yevroga baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist