locale OZ

Akanji – «Inter» futbolchisi (Romano)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akanji – «Inter» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

"Manchester City" himoyachisi Manuel Akanji bilan kelishuvga erishildi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Inter” shveysariyalik 30 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi. Buning uchun milanliklar “shaharliklar”ga 2 million yevro to‘laydi.

Ma’lum shartlar bajarilganidan so‘ng Italiya klubi Akanjini 15 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Futbolchining “Manchester City” bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting