Ajoyib statistika. 2008 yildan beri bu ishni hech kim uddalay olmayapgan edi
PHOTO: Telegram
O'zbekiston U17 terma jamoamiz osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, chempionlikni qo'lga kiritish bilan birgalikda ushbu turnirda o'n yetti yil oldin amalga oshirilgan natijani ham takrorladi.
Gap shundaki, O'zbekistonning finaldagi g'alabasi ajoyib statistikalarni ham qayd etib qo'yishga yetarli bo'ldi. Birinchi bo'limda ikkita qizil kartochka sababli maydonda ikki kishi bo'lib harakatlanib, keyinchalik ikkinchi taymda ikkita gol urib g'alabani ilib ketgan Markaziy Osiyo terma jamoasi a'zolari turnirdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozongan holda o'n yetti yillik natijani takrorlashdi.
Ikki ming sakkizinchi yili Eron U17 terma jamoasi ohirgi marta barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor