Agent Fayzullaevning «Benfika»ga o‘tishi nega barbod bo‘lganini oshkor qildi
Bu haqda German Tkachenko ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
CSKA sobiq yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning Portugaliyaning "Benfika" klubiga o‘tishi amalga oshmagan transferi haqida futbol agenti German Tkachenko ma’lum qildi.
"Benfika" bizga transferning imkoni yo‘qligini aytdi. Ehtimol, ular Abbosning o‘zbek ekanini tushunishmagan, chunki jamoadagi ukrainalik futbolchilarga ishora bor edi", — deya agentning so‘zlarini keltiradi Sports.ru
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi yozgi transfer oynasida Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tgan edi. Uning transferi 7 million yevroni tashkil etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist