locale OZ

Agar Klopp «Real»ni boshqarsa, jamoada qaysi futbolchilarni ko‘rishni xohlashi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq 58 yoshli mutaxassis kelasi mavsumdan Madrid klubini boshqarishni mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Klopp «Real»ni boshqarsa, jamoada qaysi futbolchilarni ko‘rishni xohlashi ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Nemis murabbiyi Yurgen Klopp agar Madridning «Real» klubini boshqaradigan bo‘lsa, jamoada ko‘plab o‘zgarishlarni talab qiladi. 58 yoshli mutaxassis «qirollik klubi» tarkibini kamida ikki nafar yangi markaziy himoyachi bilan kuchaytirishni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri ispan manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Klopp ehtimoliy nomzodlar qatorida «Bavariya» himoyachisi Dayot Upamekanoni ko‘rmoqda. Shuningdek, u avvalroq «Kristal Pelas» futbolchisi Mark Gehiga ham qiziqish bildirgan, biroq angliyalik futbolchi hozir «Manchester Siti»ga o‘tishga juda yaqin.

Bundan tashqari, Klopp chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni xohlaydi va bu borada «Bornmut» futbolchisi Aleks Ximenes variant sifatida ko‘rilmoqda. Murabbiy, shuningdek, markaziy yarimhimoyaga ham yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirgan. Uning istaklar ro‘yxatida «Nyukasl»dan Brunu Gimaraesh va «Shtutgart»dan Anxelo Shtiller bor.

Ta’kidlanishicha, Klopp «Real»ga yangi o‘ng qanot vingeri ham zarur deb hisoblaydi. Ushbu pozitsiya uchun mumkin bo‘lgan variant sifatida Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Karim Adeyemi tilga olinmoqda.

Avvalroq OAV 58 yoshli mutaxassis kelasi mavsumdan boshlab «Qirollik klubi» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri ekanini xabar qilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting