Afrika Millatlar Kubogining barcha chorak final juftliklari maʼlum boʻldi
Turnirning amaldagi chempioni Kot-d'Ivuar terma jamoasi hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Afrika Millatlar Kubogi — 2026 musobaqasida 1/8 final bosqichi yakunlandi va turnirning eng kuchli 8 jamoasi aniqlandi. Natijada chorak final juftliklari ham ma’lum bo‘ldi.
Afrika Millatlar Kubogi — 2026
1/4 final juftliklari:
- Mali — Senegal
- Kamerun — Marokash
- Jazoir — Nigeriya
- Misr — Kot-d’Ivuar
Chorak final uchrashuvlari 9 va 10 yanvar kunlari (juma va shanba) bo‘lib o‘tadi.
Yarim final o‘yinlari — 14 yanvar, chorshanba kuni.
Final esa 18 yanvar, yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa Marokashda bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion — Kot-d’Ivuar, u 2023 yilgi finalda Nigeriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist