Afrika Millatlar Kubogida finalchilar aniqlandi
Final bahsi 18 yanvar kuniga belgilangan.
ФОТО: Getty images
Afrika Kubogi finalchilari aniq bo‘ldi.
Yarim finalda Senegal Misrni mag‘lub etdi (1:0). Sadio Mane yagona gol muallifi bo‘ldi.
Marokash Nigeriyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Bunu penaltilar seriyasida qahramonlik ko‘rsatdi.
Shunday qilib, hal qiluvchi o‘yin 18 yanvar kuni, uchinchi o‘rin uchun o‘yin 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Marokashliklar 2004 yildan beri birinchi marta turnir finaliga chiqdi. Ular 1976 yilda o‘z tarixidagi yagona chempionlikni nishonlashgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist