Adrien Rabiot «Milan»ga o'tdi
Фото: Милан
Adrien Rabiot "Milan" futbolchisiga aylandi.Italiya klubi "Marsel" yarim himoyachisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan bitimni imzolashdi.
Avvalroq xabar qilinganidek, italiyaliklar uchun xarid 10 million yevroga tushdi.
"Marsel" Rabiotni Jonatan Rou bilan janjaldan so'ng transferga qo'ygan edi.
Rabiot ilgari “Yuventus”da to'p tepgan. “Rossonerilar” ustozi Massimiliano Allegri bilan yana birga ishlaydigan bo'ldi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi Liga 1da 29 o'yinda 9 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist