locale OZ

Adeyemi Yevropaning ikki klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda

Futbolchining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adeyemi Yevropaning ikki klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda
ФОТО: Getty images

“Borussiya D” yarim himoyachisi Karim Adeyemi jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal nashri.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga “Inter” va “Manchester United” klublari qiziqish bildirmoqda.

Bu klublar allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqani o‘rnatgan.

Adeyemining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, futbolchiga yaqin manbalar uning yangi bitimni ko‘rib chiqishga tayyor emasligini ta’kidlashmoqda.

Adeyemining manfaatlarini Jorge Mendes himoya qiladi va agent “Manchester United” hamda “Inter” bilan muzokaralarni boshlagan.

Joriy mavsumda Karim Adeyemi Bundesligada 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting