Abraham London klubiga o'tishi mumkin
U APLga qaytishni istamoqda
Photo: Getty Images
"Roma" hujumchisi Temmi Abraham yozda APLga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "West Ham" 27 yoshli ingliz futbolchisi xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub va futbolchining agentlari o'rtasida dastlabki muzokaralar ham bo'lib o'tgan.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Milan"da ijarada o'tkazdi. Klub safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golga assist qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist