locale OZ

Abdurahmon Komilov: «Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketmoqda»

Jamoa Toshkentda astoydil mashg'ulotlarga kirishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdurahmon Komilov: “Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketmoqda”
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” klubi uchun hali mavsum yakunlangani yo‘q. Yaxshi bilasiz, oldinda “Burgutlar”ni OCHL 2 doirasida Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi.

Jamoa Toshkentda astoydil mashg‘ulotlarga kirishdi. Iqtidorli futbolchilardan biri Abdurahmon Komilov ham astoydil shug‘ullanmoqda.

Aytish kerakki, u chempionatning so‘nggi turida “Bunyodkor”ga qarshi g‘alaba qozongan uchrashuvimizda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- "Andijon" chempionatning so‘nggi o‘yinida Toshkentda "Bunyodkor"ni taslim qilish orqali Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoldi va pley-offni chetlab o‘tdi. Ushbu o‘yindagi g‘alabadan keyin katta mas’uliyat bajarildi va o‘zingiz qanday his etdingiz?

- Assalomu alaykum! Oxirgi turdagi uchrashuvda barchasi o‘z qo‘limizda edi. Xudoga shukrki, bizga berilgan vazifani bajardik. O‘sha o‘yinda g‘alaba qozondik va pley-offga qolmadik. Ushbu vazifani bajarganimizdan juda xursandmiz.

- Endi oldinda jamoamizni Qatarda "Al-Ahli"ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda. Bu uchrashuvda ham “Andijon”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bo‘layotgan o‘yinga tayyorgarlik qanday olib borilmoqda?

- Bu uchrashuvga kelsak, hammamiz tushunib turibmizki, g‘alaba qozonsak guruhdan chiqamiz, Xudo xohlasa. Yana bir tarixni yaratamiz. Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketmoqda. Nasib bo‘lsa, ushbu uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, barcha muxlislarimizni xursand qilamiz.

- Ma’lumki, o‘yin 24-dekabrda bo‘ladi. Ungacha vaqt bor. Oraliq muddatning biroz kattaligi biz uchun yaxshimi?

- Bizda chempionat tugadi. Oraliq esa biroz katta. Lekin biz hozirda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Oldimizda o‘rtoqlik uchrashuvlari bor. Nasib bo‘lsa, hammasi yaxshilikka. Muhimi, 24-dekabr kuni g‘alaba qozonishimiz zarur.

- Jamoamizga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi va uning debyuti aynan OCHL 2 bahsiga to‘g‘ri keladi. Yangi murabbiy bilan ishlash jarayoni siz uchun qanday kechmoqda?

- Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketmoqda. Berilayotgan ko‘rsatmalarini bajaryapmiz, yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Nasib qilsa, ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonamiz.

- Shuningdek, yangi mavsumda jamoaning rejalari va maqsadlari katta. Shuni hisobga olganda, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Ha, to‘g‘ri aytasiz. Yangi mavsumga rejalari katta. Yuqori o‘rinlarni egallash maqsadi qo‘yildi. Shu sababli “Andijon” muxlislarini xursand qilib, sovrinli o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting