Abduqodir Husanov mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogar
Husanov yanvar oyida ham jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
photo: gettyimages
"Manchester Siti"da mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.
"Shaharliklar" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov yarim himoyachi Rodri va vinger Doku bilan birga ushbu sovrin uchun da’vogarlik qiladi.
G‘olib muxlislar ovoziga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Husanov yanvar oyida ham jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor